ДЕПУТАТЛАРНИНГ ҲУДУДЛАРДАГИ ЎРГАНИШЛАРИ АҲАМИЯТИ
Депутатларнинг маҳаллалардаги ўрганишлари аҳоли мурожаатларини тинглаш ва ҳудуддаги мавжуд муаммоларни аниқлаш ҳамда уларни ҳал қилишда муҳим аҳамиятга эга. Бу жараён аҳоли билан депутатлар ўртасида тўғридан-тўғри мулоқотни йўлга қўйиш ва жойлардаги масалаларни самарали ҳал этиш имконини беради.
Шу жумладан, шаҳар кенгаши депутати, Коррупцияга қарши курашиш ва хавфсизлик масалалари бўйича доимий комиссия раиси Ж. Носиров ўз ҳудудидаги “Гўзалкент” маҳалласида бўлиб, фуқароларнинг турмушига дахлдор масалаларни ўрганди. Унинг диққат марказида ҳудудгаи Махтумқули кўчасидаги уй олдига тунги ёритиш ўрнатиш, чиқиндиларни олиш бўйича шароит яратишга оид муҳим масалалар бўлди. Мурожаатлар юзасидан депутат масъул идораларга депутатлик сўрови чиқарди ва тегишли чоралар кўришни таъминлади.
Шунингдек, депутат маҳалла ходимлари билан ҳамкорликда жойлардаги мавжуд муаммоларни аниқлаб, уларнинг тезкор ҳал қилиниши учун зарур топшириқлар берди. Бу жараён депутатнинг маҳалла аҳли билан мунтазам мулоқоти ва аҳоли муаммоларини самарали ҳал этишда давом этади.
Депутатлик ўрганишлари аҳолининг мурожаатлари билан доимий шуғулланиш, маҳалла ҳаётига дахлдорликни ошириш ва маҳаллалардаги ижтимоий адолатни таъминлашда муҳим роль ўйнайди.
ICHIMLIK SUVI TA’MINOTINI YAXSHILASH BO‘YICHA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI.
Xalq deputatlari shahar Kengashi kotibiyati tomonidan olib borilgan o‘rganishlarda Prezidentning 2022-yil 10-martdagi PQ-159-son qaroriga muvofiq Jahon banki va Xalqaro taraqqiyot uyushmasi ishtirokida yirik loyiha izchil amalga oshirilayotgani aniqlandi.
🔹 “Murtak” inshootida 7630 metr (D-630 mm) temir quvurlar hamda 2000 metrdan ortiq magistral tarmoqlar keltirilgan, 11 ta artezian quduq to‘liq burg‘ulanib, qurilish ishlari yakuniga yetkazilgan. Hozirda 2 ta (1500 m³) suv havzasi va nasos stansiyasida ishlar davom etmoqda.
🔹 “Ko‘rpa” inshootida 1350 metr to‘siq devorlar o‘rnatilgan, nasos binosi, laboratoriya va xo‘jalik binolari qurilmoqda.
🔹 Nasos stansiyalarida 5 ta suv havzasi (1000, 650 va 250 m³) ta’mirlangan, quyosh panellari, transformatorlar va zamonaviy uskunalarni o‘rnatish ishlari olib borilmoqda.
O‘rganish davomida qurilish ishlari belgilangan reja asosida olib borilayotgani qayd etildi.
Yil yakuniga qadar barcha asosiy obyektlarni ishga tushirish rejalashtirilgan bo‘lib, natijada shahar aholisi sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlanadi.
NOQIS MAHALLASIDA QABUL O’TKAZILDI
Bugun shahar hokimi Gavhar Alimova hamda hokim o‘rinbosari, oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Shahlo Kuchkarova tomonidan Noqis mahallasida sayyor qabul tashkil etildi
Qabul davomida mahalla xotin-qizlarining turli masalalardagi murojaatlari tinglandi. Xususan, ularning bandligini ta’minlash, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, sog‘liqni saqlash hamda oilaviy muammolar yuzasidan bildirilgan taklif va shikoyatlar ko‘rib chiqildi.
Murojaatlarning ayrimlari joyida hal etilgan bo‘lsa, tegishli tashkilotlar vakolatiga kiruvchi masalalar belgilangan tartibda nazoratga olindi. Ijrosi yuzasidan monitoring o‘rnatilishi ta’kidlandi.
ЁШЛАРНИНГ ҲОКИМ БИЛАН УЧРАШУВИ САМИМИЙ БЎЛДИ
Шаҳар ҳокими Гавҳар Алимованинг мактаблардаги ўқувчи-ёшлар билан учрашувлари давом этмоқда. Ана шундай учрашувларнинг кавбатдагиси 11-ИДУМ да ўтказилди.
Шаҳар ҳокими бугунги кундаги ёшларни таълим олишлари учун яратилган шароитлар ҳақида гапирар экан, албатта, бу имкониятлардан унумли фойдаланиш уларни келгусида муваффақиятларга эришишлари, замонавий касб-ҳунарни эгаллашлари учун замин бўлишини таъкидлади.
Шунингдек, мактабда олимпиадалар ва танловларда ютуқларни қўлга киритган ўқувчилар эътироф этилди. Ана шундай ёшларга эсдалик совғалари тақдим этилди.
Ёшларнинг ҳам фикр ва мулоҳазалари эшитилди. Улар келгусидаги режалари ва мақсадлари ҳақида ўртоқлашдилар.
Шаҳар ҳокими ёшларнинг келгусидаги ўқишларида омад тилади.
ЁШЛАР БИЛАН МУЛОҚОТ: ИМКОНИЯТЛАР ВА МАҚСАДЛАР ҲАҚИДА
Шаҳар ҳокими Гавҳар Алимованинг ўқувчи-ёшлар билан учрашувлари изчил давом этмоқда. Навбатдаги очиқ мулоқот 11-ИДУМда юқори кайфият ва самимий муҳитда ташкил этилди.
Учрашув давомида шаҳар ҳокими мамлакатимизда ёшлар таълимига қаратилаётган эътибор, замонавий мактаблар, қўшимча таълим имкониятлари ва яратилаётган шарт-шароитлар ҳақида атрофлича фикр билдирди. У ёшларни ушбу имкониятлардан унумли фойдаланишга, ўз устида мунтазам ишлашга ва келажакда рақобатбардош мутахассис бўлиб етишишга чақирди.
Шунингдек, мактабда фан олимпиадалари, кўрик-танловлар ва турли мусобақаларда юқори натижаларга эришган ўқувчилар алоҳида эътироф этилиб, уларга эсдалик совғалари топширилди.
Мулоқот жараёнида ўқувчилар ҳам фаол иштирок этиб, ўз фикр ва таклифларини билдирдилар, келгусидаги режа ва мақсадлари ҳақида сўзлаб бердилар. Савол-жавобларга бой ўтган учрашув барча иштирокчиларда катта таассурот қолдирди.
Учрашув якунида шаҳар ҳокими барча ёшларга ўқишларида муваффақият, юксак натижалар ва орзу-мақсадларига эришиш йўлида омад тилади.
XALQ DEPUTATLARI KATTAQO‘RG‘ON SHAHAR KENGASHINING 2026-YIL MART OYIDA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR TO‘G‘RISIDA.
Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashi tomonidan tasdiqlangan yillik ish rejasiga muvofiq, mart oyida quyidagi muhim tadbirlar amalga oshirildi. 2026-yilning mart oyida jami 2 marta xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashining sessiyalari bo‘lib o‘tdi. Sessiyalarda jami: 6 ta hisobot hamda 8 ta turli xil masalalar ko‘rib chiqildi va tegishli qarorlar qabul qilindi.
2026-yil 3-mart kuni 20-sessiyada ko‘rib chiqilgan hisobot va muhokamalar.
Shahar mahalliy byudjetining 2025-yil ijrosi bo‘yicha shahar Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosarining hisobotini eshitildi.
Aholini ijtimoiy himoya qilish va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi direktorining hisobotini eshitildi.
Shaharda sog‘liqni saqlashni rivojlantirishga oid davlat dasturlarining bajarilishi, kasalliklar profilaktikasining holati, sog‘lom turmush tarzini va to‘g‘ri ovqatlanishni shakllantirish, shuningdek sog‘liqni saqlashning asosiy ko‘rsatkichlari to‘g‘risida shahar tibbiyot bo‘limi boshlig‘ining hisoboti eshitildi.
Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashining 2024-yil 27-dekabrdagi “Kattaqo‘rg‘on shahrining 2025 yilgi mahalliy budjetini tasdiqlash to‘g‘risida”gi VII-4-023-7-106-K/24-sonli qaroriga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida.
Kattaqo‘rg‘on shahar mahalliy budjetining 2026-yil 1-yanvar holatiga shakllangan erkin qoldiq mablag‘larini yo‘naltirish to‘g‘risida.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 30-yanvardagi KQ-666-IV-son “Tashabbusli budjet jarayonlarini o‘tkazish hamda moliyalashtirish tartibi to‘g‘risida”gi hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 17-dekabrdagi KQ-280-V-sonli qarorlariga asosan 2026-yil “Ochiq budjet” axborot portali orqali Jamoatchilik fikri asosida tadbirlarni shakllantirish, baholash, tanlab olish hamda ijrosini monitoring qilish bo‘yicha ishchi komissiyaning tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida.
2026-yil 31-mart kuni 21-sessiyada ko‘rib chiqilgan hisobot va muhokamalar.
Davlat kadastrlari palatasi Kattaqo‘rg‘on shahar filiali boshlig‘i Ochilov Murodillo Amriddin o‘g‘lining O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini samarali tashkil etishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-71-son Farmonida har bir berilgan tegishli topshiriqlar ijrosini o‘z vaqtida ta’minlash shuningdek, “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi O‘RQ-937-sonli O‘zbekiston Respublikasi Qonunining shaharda bajarilishi holati to‘g‘risida”gi hisoboti eshitildi.
Kattaqo‘rg‘on shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi boshlig‘i Ziyaev Lazizbek Samandarovichning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini samarali tashkil etishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-71-son Farmonida har bir berilgan tegishli topshiriqlar ijrosini o‘z vaqtida ta’minlash shuningdek, Kattaqo‘rg‘on shahrida aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida”gi hisoboti eshitildi.
Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashining 2026-yil 13-fevraldagi VII-19-6-7-106-K/26-sonli “Kattaqo‘rg‘on shahrini 2026-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror ilovasiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida.
Kattaqo‘rg‘on shahar “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi hisobidan mablag‘ ajratish to‘g‘risida.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevral “Ko‘p xonadonli uylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-48-sonli qarorining shaharda ijrosini ta’minlashdagi vazifalarni belgilash to‘g‘risida.
2026-yil 1-mavsum “Tashabbusli budjet” jarayonlari yakuniga ko‘ra g‘olib bo‘lgan takliflarga “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” mablag‘larini yo‘naltirish to‘g‘risida.
Nazorat va tashkiliy tadbirlar
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan va Senatga kiritilgan qonunlarni muhokama qilish. (Mas’ul: Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi B.Erkayev)
Kengash ish rejasining bajarilishini muhokama qilib borish. (Mas’ul: Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi B.Erkayev)
Kengash qarorlarining ijrosi yuzasidan tizimli nazorat o‘rnatish va tahlil qilib borish. (Mas’ul: Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi B.Erkayev)
Kengash sessiyalari hamda doimiy komissiyalar yig‘ilishlariga tayyorgarlik ko‘rish. (Mas’ul: Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi D.Salimov)
OAVda materiallar chop etish va intervyular berish, sessiyalarni jonli efirda yoritish. (Mas’ul: Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi D.Salimov)








