XALQ DEPUTATLARI KATTAQO‘RG‘ON SHAHAR KENGASHINING 2026-YIL 30 MART HAMDA 3-APREL KUNLARIGA MO‘LJALLANGAN ISH REJASI.
Mazkur ish reja O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq holda, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatining samaradorligini oshirish, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni ta’minlash hamda deputatlik nazoratini kuchaytirish maqsadida ishlab chiqildi.
1. Sessiyada hisobot (axborot) beruvchilar bo‘yicha.
Kattaqo‘rg‘on shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi boshlig‘i Ziyaev Lazizbek Samandarovichning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini samarali tashkil etishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-71-son Farmonida har bir berilgan tegishli topshiriqlar ijrosini o‘z vaqtida ta’minlash shuningdek, Kattaqo‘rg‘on shahrida aholi bandligini taminlash va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida”gi hisoboti eshitiladi.
2. Davlat kadastrlari palatasi Kattaqo‘rg‘on shahar filiali boshlig‘i Ochilov Murodillo Amriddin o‘g‘lining O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini samarali tashkil etishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-71-son Farmonida har bir berilgan tegishli topshiriqlar ijrosini o‘z vaqtida ta’minlash shuningdek, “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi O‘RQ-937-sonli O‘zbekiston Respublikasi Qonunining shaharda bajarilishi holati to‘g‘risida”gi hisoboti eshitiladi.
3. Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashining 2026-yil 13-fevraldagi VII-19-6-7-106-K/26-sonli “Kattaqo‘rg‘on shahrini 2026-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror ilovasiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida.
4. Kattaqo‘rg‘on shahar “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi hisobidan mablag‘ ajratish to‘g‘risida.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevral kungi “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-48-sonli qarorining shaharda ijrosini ta’minlashdagi vazifalarni belgilash to‘g‘risida.
Mas’ul: xalq deputatlari shahar Kengashi bosh mutaxassisi B.Erkayev.
2. Nazorat-tahlil ishlarini amalga oshirish bo‘yicha.
Shaharni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi ijrosi doirasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan deputatlik nazoratini o‘rnatish, joylarga chiqqan holda o‘rganishlar olib borish hamda mas’ullarning hisobotlarini eshitish.
Deputat so‘rovlariga o‘z vaqtida javob berish holatlarini ko‘rib chiqish va ular yuzasidan qarorlar qabul qilish
Mas’ul: xalq deputatlari shahar Kengashi bosh mutaxassisi D.Salimov.
3. Sessiyalar va majlislarga tayyorgarlik
Kengash sessiyalari hamda doimiy komissiyalar majlislariga puxta tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha tashkiliy ishlar amalga oshiriladi.
Sessiyada qabul qilingan qarorlarning ijrosi ta’minlanadi.
Mas’ul: xalq deputatlari shahar Kengashi bosh mutaxassisi B.Erkayev.
4. Qarorlarni OAVda yoritish
Sessiyada qabul qilingan qarorlar ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi.
Hududda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar yuzasidan maqolalar chop etish va intervyular tashkil etish orqali aholining xabardorligi oshiriladi.
Mas’ul: xalq deputatlari shahar Kengashi bosh mutaxassisi D.Salimov.
5. Ish rejaning bajarilishini monitoring qilish
Tasdiqlangan ish rejaning bajarilishi muntazam ravishda muhokama qilib boriladi.
Amalga oshirilgan ishlar tahlil qilinib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish choralar ko‘riladi.
Mas’ul: xalq deputatlari shahar Kengashi bosh mutaxassisi D.Salimov.
6. Deputatlik odobi va faoliyatini tahlil qilish
Deputatlar tomonidan deputatlik odobi qoidalariga rioya etilishi holatlari tizimli ravishda o‘rganiladi.
Tahlil natijalari muhokama qilinib, faoliyat samaradorligini oshirishga qaratilgan tavsiyalar ishlab chiqiladi.
Mas’ul: xalq deputatlari shahar Kengashi bosh mutaxassisi B.Erkayev.








