SANOAT KORXONALARI FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISH YO‘LIDA
Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi sanoat shtabi tomonidan shahardagi mavjud sanoat korxonalari faoliyati o‘rganish davom etmoqda. Ushbu o‘rganishlar doirasida bugun shahar hokimining birinchi o‘rinbosari Murodullo Zavqiyev tomonidan «ENERGO TEXNIKA» MChJ korxonasi faoliyati o‘rganildi.
Mazkur korxona Elektr dvigatellar, generatorlar va transformatorlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bo‘lib, bugungi kunda bu yerda 50 nafarga yaqin ishchi-xodimlar faoliyat yuritmoqda.
Korxonaning yillik ishlab chiqarish quvvati 30,0 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2025 yilda jami 25 mlrd. so‘mdan ortiq transformator ishlab chiqarilgan. Hozirgi kunda korxonada transformator ishlab chiqarilib, asosan ichki bozorda respublikamizdagi Elektr tarmoqlar korxonalariga yetkazib berilmoqda. Shuningdek, korxonadagi barcha ishchi-xodimlarni shu soha yo‘nalishida oliy ta’lim muassasasida o‘qitish orqali kelgusida mazkur korxona bazasida yirik quvvatli nimstansiyalar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda.
O‘rganish davomida ushbu korxonada tashkil etilgan ishlab-chiqarish jarayonlari, ishchi-xodimlarga yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirilib, korxona faoliyatini rivojlantirish, mahsulot hajmini ko‘paytirish hamda qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha vazifalar belgilandi.










