KASBGA YO‘NALTIRISH BO‘YICHA SEMINAR-TRENING O‘TKAZILDI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev parlament va xalqqa yo‘llagan Murojaatnomasida “Kasblarni rivojlantirish va yangi mehnat bozori arxitekturasini yaratish” masalasini 2026-yil dasturining to‘rtinchi ustuvor yo‘nalishi sifatida belgilab bergan edi.
Shu munosabat bilan 2-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabida (IDUM) 9-sinf bitiruvchilari uchun seminar-trening tashkil etildi. Tadbirda Samarqand pedagogika texnikumi direktori Feruza Raximova ishtirok etib, o‘quvchilarga kasb tanlash sirlari haqida so‘zlab berdi.
Seminar-trening davomida quyidagi masalalarga e’tibor qaratildi:
- Yoshlarni to‘g‘ri kasb-hunarga yo‘naltirish;
- Maxsus testlar va savolnomalar orqali o‘quvchilarning qaysi sohalarga qiziqishini aniqlash;
- Zamonaviy kasblar, ularning talablari va ish sharoitlari;
- Tanlangan kasblarning kelajakdagi istiqbollari haqida tushuntirishlar berildi.









