MA’RIFIY SEMINAR O‘TKAZILDI

Bugun Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida mahalla raislari, xotin-qizlar faollari, harbiy xizmatchilar, yoshlar yetakchilari, nuroniylar hamda imom-xatiblar ishtirokida ma’rifiy seminar o‘tkazildi. Tadbirni shahar hokimi Gavhar Alimova ochib berdi.

Seminar davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasi hamda “O‘zbekiston — 2030” strategiyasida belgilangan ustuvor vazifalarning mazmun-mohiyati yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, so‘zga chiqqan ma’ruzachilar quyidagi masalalarga alohida to‘xtalib o‘tdilar:

  • Mahallalarda targ‘ibot tadbirlarini tizimli tashkil etish;
  • Muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan yoshlar uchun yaratilgan imtiyoz va imkoniyatlar;
  • O‘sib kelayotgan yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash.

Seminar yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar oldilar.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan