“Qalqon sardorlari” musobaqasining shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi

Bugun, Kattaqo’rg’on shahrida joylashgan harbiy qismda mahallalarda faoliyat olib borayotgan “Qalqon guruhlari” a’zolari o‘rtasida “Qalqon sardorlari” musobaqasining shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Musobaqa shahar hokimligi, Prokuratura, IIB, VVB, Mahallalar uyushmasi va Yoshlar ishlari bo’limi tomonidan tashkil etildi.

Musobaqa yuqori saviyada, ko‘tarinki kayfiyat va keskin bellashuvlar ostida tashkil etildi. Unda ishtirokchilar jismoniy tayyorgarlik, harbiy-vatanparvarlik bilimlari, tezkorlik hamda jamoaviy hamjihatlik bo‘yicha o‘z salohiyatlarini namoyish etdilar.

Tadbirda “Qalqon guruhlari” a’zolarining bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash, yoshlar va aholi o‘rtasida vatanparvarlik ruhini oshirish, shuningdek, mahallalarda jamoat xavfsizligini ta’minlashdagi mas’uliyatini kuchaytirishga xizmat qildi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra:
1-o‘rin — Yakkabog’ mahallasi jamoasi
2-o‘rin — O’rikzor mahallasi jamoasi
3-o‘rin — Bahoriston mahallasi jamoasi

G‘oliblar diplom va estalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan