MЕHNAT MUXOFAZASI – MUHIM MASALA

Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida mehnat muxofazasi bo‘yicha mehnat sharoitlari va mehnatni muxofaza qilish ishlarini yaxshilash, sanitariya – sog‘lomlashtirish chora tadbirlari rejasi asosida sarf-xarajatlar smetasiga kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishilgan holda jamoa shartnomasiga kiritilgan.

Kattaqo‘rgon shahar tibbiyot birlashmasi, Respublika sanitar qo‘mita shahar bo‘limi bilan shartnoma asosida institut o‘qituvchi va ishchi xodimlarni davriy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tashkil qilingan. Mehnat sharoitlarining zararli va xavfliligi yuzasidan ishchi xodimlar attestatsiyadan o‘tkazilmoqda. Xodimlarni ish jarayonidagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklarini oldini olish maqsadida ularga muntazam ravishda texnika xavfsizligi qonun qoidalari, sanitariya – gigiyena talablariga, mehnat muxofazasi normativlariga qat’iy rioya qilish yo‘riqnomalar asosida ko‘rsatiladi. Xodimlarning mehnatini muxofaza qilish masalalari bo‘yicha malakasini oshirish va bilimlarini tekshirilishi institut “Fuqaro va mehnat muxofazasi” bo‘limi va mas’ul xodimlari tomonidan amalga oshirilmoqda.

Mehnat muxofazasi va xavfsizligi bo‘yicha jamoatchilik nazoratini tashkil etish, talabalar va ishchi xodimlarni bilim saviyasini oshirish yuzasidan viloyat, shahar miqyosidagi ko‘riktanlovlar o‘tkazilib, g‘oliblar Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti kasaba uyushmasi tomonidan rag‘batlantirib kelinmoqda. Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti va uning tarkibiy tuzilmasida 3 bosqichli mehnat muxofazasi holati mavjud bo‘lib, uning ustidan ma’muriy jamoatchilik nazorati olib borilmoqda.

U.IBRAGIMOV, Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti “Fuqaro va mehnat muxofazasi” bo‘lim boshlig‘i.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan