MEHR VA E’TIBOR OG‘USHIDA
Xalqimizda azaldan keksalarni yo‘qlash, bemorlar holidan xabar olish, muhtojlarga yordam ko‘rsatish qadriyat hisoblangan. Bugun 3 dekabr – “Xalqaro nogironlar kuni” munosabati bilan bo‘lib o‘tayotgan tadbirlarda ham ushbu ezgu an’ana mujassam.
Shahar Drama teatrida ushbu ezgu amallarga hamohang tarzda tashkil qilingan xayriya aksiyasida kattaqo‘rg‘onliklar faol qatnashdilar.
Shahar hokimi Gavhar Alimova tadbirning ahamiyatiga e’tibor qaratdi va har bir inson mana shunday xayrli tadbirlarda faol ishtirok etishi lozimligini aytib o‘tdi. Shuningdek, bugun mamlakatimizda imkoniyati cheklangan insonlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bilim olishlari va kasb-hunar egallashlari uchun barcha sharoitlar yaratilganligini ta’kidladi.
Tadbir davomida keksalarimiz mana shunday ezgu amallarning bardvom bo‘lishi, yurtimizning tinchligi va xalqimizning farovonlikda yashashini tilab duo qildilar.
Shahrimizda xayriya tadbirlari kun davomida bo‘lib o‘tadi.










