SEMINAR

Prezidentimizning Samarqand viloyati faollari bilan o‘tkazgan uchrashuvida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini o‘rganib hal etish, tashqi migratsiyadan qaytgan xotin-qizlarga amaliy yordam berish bo‘yicha bir qator topshiriqlar berilgan edi.

Ushbu topshiriqlar ijrosi yuzasidan Kattaqo‘rg‘on shahrida xotin-qizlarning bandligini ta’minlash va tashqi migratsiyadan qaytgan xotin-qizlarga amaliy yordam berish bo‘yicha ishlar tashkil etilmoqda.

Shu maqsadda bugun Kattaqo‘rg‘on Pedagogika institutida shahar shtabi a’zolari hamda mahalla yettiligi bilan mazkur masalasi bo‘yicha seminar o‘tkazildi. Unda shahar hokimi G.Alimova, O‘zbekiston Kimyo va farmasevtika sanoati hodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi o‘rinbosari I.Isoqov va tegishli mas’ul rahbarlar ishtirok etishdi.

Seminar davomida mutasaddi rahbarlar hamda mahalla yettiligi vakillariga joylarda bu boradagi ishlarni to‘g‘ri tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berilib, tegishli vazifalar belgilab olindi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan