Kattaqo‘rg‘on xizmat ko‘rsatish va servis texnikumida “KASB MAHORATI” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi!

Tikuvchi guruhlar o‘rtasida o‘tkazilgan ushbu tanlovda ishtirokchilar o‘z mahorati, bilim va ijodini quyidagi 5 ta shart orqali namoyon etdilar:

1️⃣ Tanishtiruv — Guruhlar ijodiy chiqishlar bilan o‘zlarini tanishtirdilar.
2️⃣ Savol-javob — Tikuvchilik bo‘yicha nazariy bilimlar sinovdan o‘tkazildi.
3️⃣ Mahir qo‘llar — Amaliy topshiriqlarni puxta, sifatli va chiroyli bajarish bo‘yicha bellashuv.
4️⃣ Erkin mavzu — Ishtirokchilar o‘z ijodiy g‘oyalarini mustaqil tarzda taqdim etdilar.
5️⃣ Modalar namoyishi — Tayyorlangan liboslar nafis tarzda sahnada namoyish etildi.

Tanlov jarayonlari hakamlar hay’ati tomonidan adolatli baholab, har bir ishtirokchining mehnati va mahorati e’tiborga olindi.

Yakunda eng yuqori natija ko‘rsatgan guruh va ishtirokchilar diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Tadbir o‘quvchilar uchun katta motivatsiya va yaxshi kayfiyat ulashdi.

Kasb — mahorat bilan go‘zal!

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan