HOMILADORLIK VA MEHNATGA LAYOQATSIZLIK NAFAQASI BO‘YICHA QAT’IY TARTIB O‘RNATILADI

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-dekabrdagi 796-sonli qarori bilan aholiga davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirishning yangi tartibi tasdiqlandi.

1. Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasi

2026-yil 1-iyuldan boshlab nafaqa miqdori sug‘urta stajiga qarab quyidagicha belgilanadi:

Sug‘urta staji (oyda)Ish haqiga nisbatan foiz (%)
6 oydan 96 oygacha60 %
97 va undan ortiq oy80 %

Nafaqa to‘lanmaydigan holatlar:

  • Ish haqi saqlanmagan yoki qisman saqlanadigan ta’til vaqtida;
  • Bolani parvarishlash ta’tili davrida;
  • Harbiy yig‘inlar hamda o‘quv ta’tili vaqtida.(Eslatma: Agar kasallik ushbu davrlarda boshlanib davom etayotgan bo‘lsa, nafaqa xodim ishga chiqishi lozim bo‘lgan kundan boshlab hisoblanadi).

2. Homiladorlik va tug‘ish nafaqasi (Dekret)

2026-yil 1-yanvardan boshlab homiladorlik nafaqasi miqdori ham ish stajiga mutanosib ravishda belgilanadi:

Sug‘urta staji (oyda)Nafaqa miqdori (%)
10 oydan 24 oygacha75 %
25 oydan 60 oygacha85 %
61 va undan ortiq oy100 %

T. ABDULLAYEV, Kattaqo‘rg‘on shahar yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuristkonsulti.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan