Yoshlar masalasi e’tibor markazida

Kattaqo‘rg‘on shahar mahallalarida yoshlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtirish bo‘yicha shahar komissiyasi faoliyati tahlili va 2026-yil 1-chorak davomida tashkilot rahbarlari tomonidan qilingan ishlari yuzasidan muhokama o‘tkazildi.

Unda shahar hokimi G.Alimova, shahar DXX bo‘linmasi boshlig‘i N.Toshtemirov, shahar prokurori S.Kabilov hamda shahar hokim o‘rinbosarlari, yoshlar sohasiga mas’ul tashkilotlarning shahar bo‘limi rahbarlari, «og‘ir» toifaga va «otaliq»qa olingan yoshlarga biriktirilgan huquqni muhofaza qiluvchi organlar mas’ul xodimlari ishtirok etishdi.

Kun tartibida, dastlab bugungi kunga qadar 339 nafar yoshlarning bandligi ta’minlanganligi tahlil qilindi. Undan tashqari yoshlarning bandligini ta’minlashda aniqlangan xato va kamchiliklar muhokama etildi.

Kun tartibidagi keyingi masala yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va iqtidorini namoyon etishga qaratilgan chora-tadbirlar «Besh tashabbus olimpiadasi» 2026-yilgi mavsum doirasidagi tanlov va musobaqalarni sifatli tashkil etish to’g’risida mas’ullarga topshiriq berildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan