XALQ DEPUTATLARI KATTAQO‘RG‘ON SHAHAR KENGASHI TOMONIDAN 2026-YIL 6-10 APREL KUNLARI AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR
Nazorat-tahlil ishlarini amalga oshirish bo‘yicha
6 aprel kuni o‘tkazilgan nazorat-tahlil tadbirlar:
19-Raxima Islomova saylov okrugi deputati D.Muhammadiyev Chinobod MFYda ko‘p qavatli uylar ichki yo‘laklari, yer to‘lalari, atrofidagi maydon tozaligi va yoritilishi holati o‘rganildi.
5-Talabalar saylov okrugi deputati Dilfuza Anziratova 2026-yil 6-aprel kuni “Mehrjon” mahalla fuqarolar yig‘inida mahalla yettiligi bilan hamkorligida “Narpay tuman tajribasi” namunasida aholini qiynab kelayotgan masalalar, xususan, ekologiya, infratuzilma, obodonlashtirish, ijtimoiy soha hamda kundalik hayot bilan bog‘liq muammolar o‘rganildi.
Fuqarolarning murojaatlari tinglanib, har bir masala yuzasidan amaldagi qonunchilik doirasida tushuntirishlar berildi.
Kattaqo‘rg‘on shahrida ichimlik suv ta’minoti og‘ir bo‘lgan maktab.
4-Abdulxamid Majidiy saylov okrugi deputati Xakimov Nurmurod Abdumuradovich tomonidan Kattaqo‘rg‘on shahar “Qo‘shhovuz” mahallasida joylashgan 1-umumta’lim maktabida ichimlik suv ta’minoti o‘rganildi. Bugungi kunda maktabda 300 dan ortiq o‘quvchilar hamda 30 dan ortiq pedagog-xodimlar faoliyat yuritib kelmoqda.
Eng achinarli holat ushbu maktab shahar markazida joylashishiga qaramasdan ichimlik suvi bilan ta’minlanmagan.
18-Yermachit saylov okrugi deputati Salimova Ozoda Yusupjonovna tomonidan “O‘rikzor” va “Yermachit” mahallasi saylovchilari bilan uchrashib, o‘z faoliyati yuzasidan axborot berdi.
7-aprel kuni o‘tkazilgan nazorat-tahlil tadbirlar:
16-Qo‘rg‘oncha saylov okrugi deputati Rasulov Rashid Murodullayevich Nurobod MFYning Ingichka ko‘chasi “Narpay tuman”tajribasi bo‘yicha mahalla yettiligi bilan hamkorlikda muammolar o‘rganilganda ushbu hududdan o‘tuvchi kanalizatsiya nosoz holatda kelib qolganligi aniqlandi. Ushbu muammo yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlar yuborildi.
13-Konchi saylov okrugi deputati Urunov Baxtiyor Nuriddinovich tomonidan 2025-yil ikkinchi mavsumi “Ochiq budjet” loyihasi doirasida Kattaqo‘rg‘on shahar Usmon Nosir nomli mahalla binosini buzib, qayta qurish hamda yangi bino ichida kutubxona va ayollar uchun fitnes zali tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan qurilish va ta’mirlash ishlarining borish jarayoni o‘rganildi.
4-Abdulxamid Majidiy saylov okrugi deputati Xakimov Nurmurod Abdumuradovich tomonidan Tashabbusli budjetning 2025-yil 2-mavsumida g‘olib deb topilgan loyihalardan biri Kattaqo‘rg‘on shahar Qo‘shhovuz mahallasida joylashgan 1-umumta’lim maktabida faollar zali hamda oshxona binosini qurish bo‘yicha olib borilayotgan qurilish ishlar holati o‘rganildi.
12-Nizomiddin Zokirov saylov okrugi deputati Sidiqova Marxabo “G‘arb machit”, “Nurafshon”, “Kunjupay”. Mahallalardagi muammolar, kelib tushgan murojaat joyiga chiqib o‘rganish, xonadonma-xonadon o‘rganilmoqda
8-aprel kuni o‘tkazilgan nazorat-tahlil tadbirlar:
Savdo markazlari faoliyati o‘rganildi.
3-Samad Raximov saylov okrugi deputati Xamrayev Ravshan Djabborovich tomonidan o‘z saylov okrugidagi savdo markazlari faoliyati joyiga chiqib o‘rganildi.
Shuningdek Xamrayev Ravshan Djabborovich tomonidan Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari F.Qurbanovga “Yakkabog‘” mahallasida tungi yoritgich masalasida deputatlik so‘rovi yuborildi.
Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashi deputatlari N.Xakimov, O.Salimova hamda Sh.Xudoyberdiyevalar tomonidan Kattaqo‘rg‘on shahar «Miyonkol» mahallasida jinoyatchilikka qarshi kurash holati bo‘yicha “qizil” mahalla toifasiga tushib qolganligi sababli O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yo‘nalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1-son qarori ijrosi yuzasidan mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi.
17-Qoriravot saylov okrugi deputati Xudoyberdieva Shaxlo Egamberdieva tomonidan “Narpay tuman tajribasi” namunasida Kattaqo‘rg‘on shahar «Miyonkol»mahallasida muammolarni o‘rganish ishlari olib borildi.
9-aprel kuni o‘tkazilgan nazorat-tahlil tadbirlar:
Doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi bunda ekspert guruhi a’zolari ishtirok etdi.
Unda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining ijrosi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan shahar hokimining o‘rinbosari J.G‘aniyevning hisoboti hamda Shaharning ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlari doirasida gaz ta’minoti tizimini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan «Hududgaz Samarqand” MChJ Kattaqo‘rg‘on shahar gaz filiali rahbarining hisobotlari yuzasidan tayyorlangan qaror loyihalari o‘rganildi. Ekspert guruhi a’zolari tomonidan qaror loyihalari yuzasidan tegishli xulosa va tavsiyalar berildi.
3-Samad Raximov saylov okrugi deputati Xamrayev Ravshan Djabborovich tomonidan raqamli to‘lov tizimlarini samarali joriy etish, ularning qonuniyligi, shaffofligi hamda aholiga qulayligini ta’minlash bo‘yicha doimiy nazorat olib borilmoqda.
17-Qoriravot saylov okrugi deputati Xudoyberdieva Shaxlo Egamberdieva tomonidan jamiyatimizda xotin-qizlarning o‘rni va nufuzini yanada mustahkamlash, ularning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish bugungi kunning muhim vazifalaridan biridir.
Deputati tomonidan mazkur yo‘nalishda tizimli ishlar olib borilib, xotin-qizlarning muammolarini o‘rganish, ularga amaliy yordam ko‘rsatish hamda ularning jamiyatdagi faolligini oshirish yuzasidan tashabbuslar ilgari surilmoqda.
6-Mamarasul Boboyev saylov okrugi deputati Xamidov Tohir Abduraxmanovich tomonidan aholi salomatligini yaxshilash borasida olib borilayotgan ishlar doimiy nazoratda. Xususan, Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashi deputati Xamidov Toxir Abduraxmanovich tomonidan sog‘liqni saqlash muassasalaridagi xizmat sifati, dori-darmon ta’minoti hamda aholiga yaratilgan sharoitlar yuzasidan deputat nazorati olib borilmoqda.
“Yashil makon” – kelajak uchun muhim qadam!
5-Talabalar saylov okrugi deputati Dilfuza Anziratova hamda 17-Qoriravot saylov okrugi deputati Shaxlo Xudoyberdiyeva hududlarda Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashi deputatlari ham mazkur tashabbusda faol ishtirok etmoqda.
3-Samad Raximov saylov okrugi deputati Xamrayev Ravshan Djabborovich tomonidan hududlarda O‘zbekiston Respublikasining “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-328-sonli Qonuni ijrosi yuzasidan keng qamrovli o‘rganish ishlari olib borildi.
Mazkur o‘rganishlar doirasida deputat tomonidan hududda faoliyat yuritayotgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subektlariga bevosita tashrif buyurilib, ularning xizmat ko‘rsatish va savdo yo‘nalishidagi faoliyati bilan yaqindan tanishildi. Tadbirkorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, jumladan, kredit resurslariga kirish imkoniyati, infratuzilma ta’minoti, yer ajratish, soliq va boshqa majburiy to‘lovlar bilan bog‘liq masalalar joyida o‘rganildi.
19-Raxima Islomova saylov okrugi deputati Muhammadiyev Dilshod Sunnatovich “Chinobod” MFY Ziyolilar ko‘chasida yashovchi fuqarolarning muammolari o‘rganilganda ushbu 26-uy atrofidagi ko‘chada yog‘ingarchiliklar ko‘p bo‘lganda yomg‘ir suvi to‘planib ko‘chada suv yo‘li bo‘lmaganligi sababli ushbu ko‘chada yashovchi aholining uylarga kirib ketishi sababli aholi murojaatiga asosan deputat so‘rovi bilan chiqdi
Ushbu deputatlik so‘rovi shahar hokimi o‘rinbosari J.Axmedovga yo‘naltirildi
Mazkur murojaat asosida hudud o‘rganilib, aniqlangan kamchiliklar bartaraf etildi. Jumladan, yog‘ingarchilik vaqtida suv to‘planishining oldini olish maqsadida suvni chiqarib tashlash mexanizmi o‘rnatildi va hozirda ushbu muammo bartaraf etilgan.
10-aprel kuni o‘tkazilgan nazorat-tahlil tadbirlar:
Давлатбек: 3-Samad Raximov saylov okrugi deputati Xamrayev Ravshan Djabborovich tomonidan hududlarda O‘zbekiston Respublikasining “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuniga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar asosida qabul qilingan O‘RQ-399-son Qonunining ijrosi o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida dorixona va farmatsevtika faoliyati bilan shug‘ullanayotgan subektlarda dori vositalarining saqlanishi, realizatsiyasi, sifati hamda aholiga yetkazib berish jarayonlari amaldagi qonunchilik talablari asosida tashkil etilganligi ko‘zdan kechirildi. Ayniqsa, dori vositalarining sertifikatlanganligi, yaroqlilik muddati, narx-navoning asosliligi hamda noqonuniy savdoning oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
4-Abdulxamid Majidiy saylov okrugi deputati Xakimov Nurmurod Abdumuradovich tomonidan Kattaqo‘rg‘on shahrida 2025-yil 2-mavsumda “Tashabbusli budjet” jarayonining ijrosi bo‘yicha deputatlik nazoratini olib bordi.
Bunda Kattaqo‘rg‘on shahar 4-umumta’lim maktabi moddiy texnik bazasini rivojlantirish uchun 611 mln 400 min so‘mlik, 367 dona jihozlar bilan ta’minlanishi xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashining 2025-yil 11-sentabrdagi VII-13-77-7-106-K/25-sonli qarori bilan tasdiqlangan.
O‘rganish jarayonida maktabga 446 mln 230 ming so‘mlik jihozlar kirib kelganligi ma’lum bo‘ldi. Ushbu o‘rganish natijasi bo‘yicha tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborildi.
Tashkiliy tadbirlar
Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashining yigirma birinchi sessiyasidagi qabul qilingan qarorlar edo.ijro.uz tizimi orqali qarorlar yuborildi hamda ijrosi yuzasidan ma’lumotlar qabul qilindi.
Xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashining 7-aprel kuni soat 11-00 da ZOOM platformasi orqali Kengash kotibiyati mudirlari va mutaxassislari ishtirokida xaftalik taxliliy yig‘ilishga ishtirok etildi.







