YANGI JARROHLIK BINOSI OCHILDI

Shahrimizda keyingi yillarda tibbiyot sohasini rivojlanishi yo‘lida ulkan imkoniyatlar yaratildi. Navro‘z bayrami munosabati bilan shahar Sog‘liqni saqlash bo‘limida barpo etilgan jarrohlik bo‘limi binosining foydalanishga topshirilishi bu boradagi ishlarning samarasi bo‘ldi.

Tadbirda shahar xokimi Gavhar Alimova, viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi rahbari Suxrob Zayniyev, tibbiyot xodimlari, shifokorlar va jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi. Mehmonlar yangi binoda yaratilgan zamonaviy sharoitlar bilan tanishdilar.

Jarrohlik bo‘limida zamonaviy operatsiyalar zali, zamonaviy sterilizatsiya va tibbiy jihozlar bilan to‘liq ta’minlangan kabinetlar mavjud. Bu esa shifokorlarga yuqori malakali jarrohlik amaliyotlarini amalga oshirish imkonini berib, bemorlarga yuqori darajada sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatishga zamin yaratadi.

Shifokorlarning mas’uliyatli mehnati, oncology yangi binoda yaratilgan sharoitlar ularning hamkorlik ruhini kuchaytirishi alohida ta’kidlandi.

Xulosa qilib aytish mumkinki, shunday binolarning ochilishi tibbiyot sohasini yanada rivojlantirish, sog‘liqni saqlash tizimidagi sifatni oshirish va shifokorlar fidokorligini rag‘batlantirishda muhim ahamiyatga ega.

H.ERGASHЕVA.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan