HOKIM O‘QUVCHI – YOSHLAR BILAN UCHRASHDI

Yoshlar bilan o‘tkazilayotgan uchrashuvlar ularning hayotida muhim burilish yasab, kelgusidagi orzu va maqsadlarini aniq belgilab olishlariga katta turtki bo‘lmoqda.

Ana shunday samimiy muloqotlardan biri shahar hokimi Gavhar Alimovaning 8-umumtaʼlim maktabi o‘quvchilari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvida ham yaqqol namoyon bo‘ldi.
Uchrashuv davomida, ayniqsa, bitiruvchi sinf o‘quvchilari hokim bilan ochiq muloqot qilib, o‘z fikr-mulohazalari, reja va orzulari bilan o‘rtoqlashdilar.
Shahar hokimi yoshlarni zamon talablariga mos ravishda chet tillarini puxta o‘zlashtirish, zamonaviy kasb-hunarlarni egallash har bir yoshning ustuvor vazifasi ekanini alohida taʼkidladi.

Shuningdek, bugungi kunda taʼlim muassasasida yoshlarning sifatli bilim olishlari uchun barcha imkoniyatlar mavjudligi alohida eʼtirof etildi.

Uchrashuv yakunida shahar hokimi yoshlarni o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlari sari qatʼiyat bilan intilishga, bilim va salohiyatlarini doimiy ravishda oshirib borishga chaqirdi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan