OTA-ONALAR VA O‘QUVCHILAR BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI

Shahar hokimi Gavhar Alimovaning taʼlim muassasalarida o‘quvchi-yoshlar bilan uchrashuvlari izchil davom etmoqda.

Navbatdagi uchrashuv 5-umumtaʼlim maktabida ko‘tarinki va samimiy ruhda bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda yuqori sinf o‘quvchilari, ularning ota-onalari hamda pedagoglar ishtirok etdilar.

Uchrashuv davomida shahar hokimi so‘z olib, taʼlim sohasini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, yaratilayotgan zamonaviy shart-sharoitlar va yoshlarning sifatli bilim olishlari uchun keng imkoniyatlar haqida to‘xtalib o‘tdi.
Shuningdek, bilim va iqtidori bilan ajralib turgan o‘quvchilarning yutuqlari alohida eʼtirof etildi.

O‘quvchilarning kelajak rejalari va orzu-intilishlari bilan qiziqqan shahar hokimi ularni oliy taʼlimga kirish, kasb-hunar egallash yo‘lida qatʼiyatli bo‘lishga chaqirdi hamda ezgu tilaklar bildirdi.

Uchrashuv yakunida faol va iqtidorli o‘quvchilar hamda ularning ota-onalariga tashakkurnomalar topshirildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan