XALQ DEPUTATLARI KATTAQO‘RG‘ON SHAHAR KENGASHINING 2026-YIL 30 MART HAMDA 3-APREL KUNLARIGA MO‘LJALLANGAN ISH REJASI.

Mazkur ish reja O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq holda, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatining samaradorligini oshirish, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni ta’minlash hamda deputatlik nazoratini kuchaytirish maqsadida ishlab chiqildi.

1. Sessiyada hisobot (axborot) beruvchilar bo‘yicha.

Kattaqo‘rg‘on shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi boshlig‘i Ziyaev Lazizbek Samandarovichning O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2025-yil  21-apreldagi “Korrupsiyaga  qarshi  kurashish  tizimini  yanada  takomillashtirish  bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini samarali tashkil etishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-71-son Farmonida har bir berilgan tegishli topshiriqlar ijrosini o‘z vaqtida ta’minlash shuningdek, Kattaqo‘rg‘on shahrida aholi bandligini taminlash va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida”gi hisoboti eshitiladi.

2. Davlat kadastrlari palatasi Kattaqo‘rg‘on shahar filiali boshlig‘i Ochilov Murodillo Amriddin o‘g‘lining O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2025-yil  21-apreldagi “Korrupsiyaga  qarshi  kurashish  tizimini  yanada  takomillashtirish  bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini samarali tashkil etishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-71-son Farmonida har bir berilgan tegishli topshiriqlar ijrosini o‘z vaqtida  ta’minlash  shuningdek,  “O‘zboshimchalik  bilan  egallab  olingan  yer uchastkalariga  hamda  ularda  qurilgan  binolar  va inshootlarga  bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi O‘RQ-937-sonli O‘zbekiston Respublikasi Qonunining shaharda  bajarilishi  holati  to‘g‘risida”gi hisoboti eshitiladi.

3. Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashining 2026-yil 13-fevraldagi VII-19-6-7-106-K/26-sonli “Kattaqo‘rg‘on shahrini 2026-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror ilovasiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida.

4. Kattaqo‘rg‘on shahar “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi hisobidan mablag‘ ajratish to‘g‘risida.

5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevral kungi “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-48-sonli qarorining shaharda ijrosini ta’minlashdagi vazifalarni belgilash to‘g‘risida.

Mas’ul: xalq deputatlari shahar Kengashi bosh mutaxassisi B.Erkayev.

2. Nazorat-tahlil ishlarini amalga oshirish bo‘yicha.

Shaharni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi ijrosi doirasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan deputatlik nazoratini o‘rnatish, joylarga chiqqan holda o‘rganishlar olib borish hamda mas’ullarning hisobotlarini eshitish.

Deputat so‘rovlariga o‘z vaqtida javob berish holatlarini ko‘rib chiqish va ular yuzasidan qarorlar qabul qilish

Mas’ul: xalq deputatlari shahar Kengashi bosh mutaxassisi D.Salimov.                           

3. Sessiyalar va majlislarga tayyorgarlik

Kengash sessiyalari hamda doimiy komissiyalar majlislariga puxta tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha tashkiliy ishlar amalga oshiriladi.

Sessiyada qabul qilingan qarorlarning ijrosi ta’minlanadi.

Mas’ul: xalq deputatlari shahar Kengashi bosh mutaxassisi B.Erkayev.                          

4. Qarorlarni OAVda yoritish

Sessiyada qabul qilingan qarorlar ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi.

Hududda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar yuzasidan maqolalar chop etish va intervyular tashkil etish orqali aholining xabardorligi oshiriladi.

Mas’ul: xalq deputatlari shahar Kengashi bosh mutaxassisi D.Salimov.                          

5. Ish rejaning bajarilishini monitoring qilish

Tasdiqlangan ish rejaning bajarilishi muntazam ravishda muhokama qilib boriladi.

Amalga oshirilgan ishlar tahlil qilinib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish choralar ko‘riladi.

Mas’ul: xalq deputatlari shahar Kengashi bosh mutaxassisi D.Salimov.                          

6. Deputatlik odobi va faoliyatini tahlil qilish

Deputatlar tomonidan deputatlik odobi qoidalariga rioya etilishi holatlari tizimli ravishda o‘rganiladi.

Tahlil natijalari muhokama qilinib, faoliyat samaradorligini oshirishga qaratilgan tavsiyalar ishlab chiqiladi.

Mas’ul: xalq deputatlari shahar Kengashi bosh mutaxassisi B.Erkayev.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan