RAMAZON — EZGULIK VA BAG‘RIKENGLIK OYI

Kuni kecha davlatimiz Rahbari ishtirokida O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining rasmiy ochilishi munosabati bilan yurtimiz bo‘ylab iftorlik tadbirlari keng tashkil etildi.

Shu munosabat bilan Kattaqo‘rg‘on shahrida ham fayzli iftorlik dasturxoni yozilib, unda shahar faollari, keksa nuroniylar hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar. Tadbirda Ramazon oyining inson qalbida ezgulik, mehr-oqibat va bag‘rikenglik tuyg‘ularini yuksaltirishi alohida ta’kidlandi.

Iftorlik tadbiri davomida ushbu muqaddas oyning odamlarni yaxshilikka, o‘zaro hurmat va hamjihatlikka chorlaydigan ma’naviy ahamiyati haqida fikr almashildi. Shuningdek, yurtimizda hukm surayotgan tinchlik va osoyishtalik bardavom bo‘lishi, xalqimiz farovonligi yo‘lida ezgu tilaklar bildirilib, duolar qilindi.

Bunday tadbirlar jamiyatda birlik va hamjihatlikni mustahkamlash, milliy va diniy qadriyatlarimizni asrab-avaylashda muhim o‘rin tutadi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan