SAMARQAND PEDAGOGIKA TEXNIKUMIDA “OCHIQ ESHIKLAR KUNI” O‘TKAZILDI

Samarqand pedagogika texnikumida 9–11-sinf bitiruvchilari uchun “Kasb tanlash haftaligi” doirasida ochiq eshiklar kuni tashkil etildi.

Tadbir davomida tashrif buyurgan o‘quvchi yoshlarga mamlakatimizda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, texnikumdagi ta’lim yo‘nalishlari, kafedralar hamda malakali pedagoglar faoliyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Unda shahar hokimining o‘rinbosari J. G‘aniev ishtirok etib, yoshlarga yaratilgan shart-sharoitlar va bunday tadbirlarning yoshlarni to‘g‘ri kasb tanlashidagi ahamiyatiga alohida to‘xtalib o‘tdi.

Tadbir doirasida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazildi: — maktabgacha ta’lim tarbiyachisi va uslubchi — musiqa va jismoniy tarbiya rahbari — kompyuter tizimlarida dasturchi — tikivchi-dizayner — oshpazlik — mehmonxona menejmenti.

Ayniqsa, dual ta’lim tizimining afzalliklari haqida berilgan ma’lumotlar yoshlarda katta qiziqish uyg‘otdi.Shuningdek, ishsiz xotin-qizlar va yoshlar uchun tashkil etilgan qisqa muddatli o‘quv kurslari taqdimoti o‘tkazildi.

Bunday tadbirlar yoshlarning kelajakda o‘z yo‘lini aniq belgilashida muhim ahamiyat kasb etadi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan