TARAQQIYOT SUR’ATI VA DEPUTATLAR MAS’ULIYATI
Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashining yettinchi chaqiriq yigirmanchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Sessiya ishida shahar Kengashi deputatlari, hokim o‘rinbosarlari, korxona va tashkilot rahbarlari, siyosiy partiyalar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar. Tadbirda shahar hayotining muhim sohalari — xavfsizlik, ijtimoiy himoya, sog‘liqni saqlash va byudjet ijrosiga oid 7 ta dolzarb masala muhokama qilindi.
Jinoyatchilikka qarshi kurash
Kun tartibidagi ilk masala sifatida 2025-yil davomida shaharda huquqbuzarliklarning oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasidagi ishlar ko‘rib chiqildi. Shahar IIB boshlig‘i o‘rinbosari Sh. Dusanovning hisobotida ta’kidlanganidek, mahallabay ishlash tizimi orqali jinoyatchilik profilaktikasi kuchaytirilgan. Deputatlar томонидан aholi osoyishtaligini ta’minlashda nafaqat huquq-tartibot organlari, balki keng jamoatchilikning ham mas’uliyatini oshirish bo‘yicha takliflar berildi.
Ijtimoiy соҳа ва саломатлик
Sessiyada “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi direktori J. Axmedov hamda shahar Tibbiyot birlashmasi boshlig‘i X. Xamrayevning axborotlari tinglandi. Ta’kidlanganidek, aholini ijtimoiy himoya qilish, manzilli yordam ko‘rsatish hamda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish bo‘yicha davlat dasturlari ijrosi izchil davom ettirilmoqda. Ayniqsa, kasalliklar profilaktikasi va to‘g‘ri ovqatlanish madaniyatini targ‘ib qilish masalalariga alohida to‘xtalib o‘tildi.
Byudjet ijrosi va infratuzilma
Shahar Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari O. Qodirov 2025-yilgi mahalliy byudjet ijrosi yuzasidan hisobot berdi. Muhokamalar davomida 2026-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra shakllangan erkin qoldiq mablag‘larini shaharning eng dolzarb infratuzilmaviy loyihalariga yo‘naltirish masalasi ma’qullandi.
Ko‘rilgan barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi. Sessiya yakunida navbatdagi yig‘ilishni tayyorlash ishlari Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar bo‘yicha doimiy komissiya zimmasiga yuklatildi.
Sessiyada qabul qilingan qarorlar Kattaqo‘rg‘on shahrining iqtisodiy ko‘rsatkichlarni oshirish va aholi hayotidagi ijobiy o‘zgarishlarni ta’minlashga xizmat qilishi shubhasiz.
J. NOSIROV.









