Kattaqo‘rg‘on shahrida yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazilmoqda
viloyat hokimining o‘rinbosari Husan Tuxtayev Kattaqo‘rg‘on shahri yoshlari bilan uchrashuv o‘tkazmoqda.
Unda shahar hokimi G.Alimova, viloyat Yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig’i D.Azizova, tegishli mas’ul rahbarlar va yoshlar ishtirok etmoqda.
Uchrashuv davomida yoshlarning taklif va tashabbuslari tinglanib, ularni qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash hamda ta’lim, tadbirkorlik va ijtimoiy sohalarda mavjud imkoniyatlar haqida atroflicha fikr almashilmoqda.
Muloqot jarayonida faol yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar, yangi loyihalar va tashabbuslar yuzasidan takliflarini bildirib, ularni amalga oshirish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish masalalari muhokama qilinmoqda.
Yig’ilganlar tomonidan bunday uchrashuvlar yoshlarning muammo va takliflarini bevosita eshitish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda hududda yoshlar siyosatini yanada samarali amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.










