Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashining 2026-yil mart oyida amalga oshiriladigan ishlar rejasi

Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashi tomonidan tasdiqlangan yillik ish rejasiga muvofiq, mart oyida quyidagi muhim tadbirlar amalga oshirilishi belgilangan:

Hisobotlar va muhokamalar
Aholini ijtimoiy himoya qilish va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi direktori hisobotini eshitish.
(Mas’ul: Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi)

Shaharda sog‘liqni saqlashni rivojlantirishga oid davlat dasturlarining bajarilishi, kasalliklar profilaktikasining holati, sog‘lom turmush tarzini va to‘g‘ri ovqatlanishni shakllantirish, shuningdek sog‘liqni saqlashning asosiy ko‘rsatkichlari to‘g‘risida shahar Tibbiyot bo‘limi boshlig‘i hisobotini eshitish.
(Mas’ul: Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi)

Shahar mahalliy budjetining 2025-yil ijrosi bo‘yicha shahar Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i hisobotini eshitish.
(Mas’ul: Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar
masalalari bo‘yicha doimiy komissiya)

2025-yilning 12 oyi davomida shaharda huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktikasini ta’minlash hamda jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida Kattaqo‘rg‘on shahar ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari, jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i hisobotini eshitish.
(Mas’ul: Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya)

Asosiy Kengashning vazifalari:

Deputat so‘rovlarga o‘z vaqtida javob berish holatlarini ko‘rib chiqish.
O‘zbekiston Respublikasining amaldagi va yangi qabul qilingan qonunlarning targ‘iboti bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarni tahlil qilish.

Tashkiliy tadbirlari:

Kengash sessiyalari hamda doimiy komissiyalar yig‘ilishlariga tayyorgarlik ko‘rish.
OAVda materiallar chop etish va intervyular berish (fevral oyida ham reja asosida).
Ushbu tadbirlar mart oyida yakunigacha Xalq deputatlari shahar Kengashida amalga oshirilishi ko’zda tutilgan.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan