KATTAQO‘RG‘ON SHAHRINING SANOAT SALOHIYATINI OSHIRISH YO‘LIDAGI YANGI LOYIHALAR

Kattaqo‘rg‘on shahrida sanoatni drayver yo‘nalishlardan biri sifatida rivojlantirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, yangi investitsiya loyihalarini tashkil etish hamda mavjud korxonalarda ishlab chiqarish hajmini oshirish borasida ishlar olib borilmoqda.

Shahrimizda bo’lgan Samarqand viloyat hokimining mahalliy sanoatni rivojlantirish masalalari bo‘yicha yordamchisi J.O‘roqov shahar hokimining birinchi o‘rinbosari M.Zavqiyev va Investitsiya masalalari bo‘yicha o‘rinbosari I.Mamatovlar hamrohligida bugungi kunda Ingichka qo‘rg‘onida «Red Persimmon» MCHJ xorijiy korxonasi tomonidan volfram konsentratlarini ishlab chiqarish korxonasida olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.
 
Ushbu korxonada hozirgi kunda 50 nafardan ortiq xorijiy hamda mahalliy ishchilar faoliyat yuritishmoqda. Tashrif davomida mas’ullar investorlar bilan ishlab chiqarish jarayoni, muammo va takliflari bo‘yicha suhbatlashib, korxonada ishchi xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlarni ko’zdan kechirishdi.

Shuningdek, muloqot davomida mazkur korxonada ishlab chiqarish hajmini oshirish, joriy yil uchun sanoatda qo‘shimcha hajm yaratish, shu bilan birga kelgusida mahalliy aholi uchun yangi ish o‘rinlari tashkil etish borasida amaliy ishlar rejalashtirib olindi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan