Bozorlarda qonuniylik va soliq intizomini ta’minlash yuzasidan o‘rganish olib borildi

Kattaqo‘rg‘on shahrida bozorlar faoliyatini tartibga solish, noqonuniy savdoga chek qo‘yish hamda soliq bazasini kengaytirish maqsadida navbatdagi o‘rganish tadbiri o‘tkazildi.

Unda shahar prokurori S.Kabilov, shahar Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshlig‘i Sh.Azizov hamda shahar soliq inspeksiya boshlig‘i F.G‘aniyevlar ishtirok etib, shahardagi bozorlar va savdo nuqtalarining holati bilan tanishishdi.

O‘rganish davomida mas’ullarga soliq obyektlarini to‘liq hisobga olish va soliq solish bazasini kengaytirish, foydalanilmayotgan iqtisodiy zaxiralarni safarbar etish orqali 2026-yilda mahalliy byudjet qo‘shimcha daromad manbalarini ta’minlash yuzasidan topshiriqlar berildi. Shuningdek, tadbirkorlar bilan suhbatlashilib, ularga qonunchilik talablari, soliq to‘lovlarini o‘z vaqtida va to‘liq amalga oshirish tushuntirildi.

Mazkur o‘rganishlar bozorlarda qonuniylikni ta’minlash, sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish hamda shahar iqtisodiy salohiyatini oshirishga ​​xizmat qiladi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan