YOSHLAR UCHUN IMKONIYAT

Mamlakatimizda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘plab yoshlar uchun haqiqiy imkoniyat eshiklarini ochmoqda. Ayniqsa, ularining qiziqishi va layoqatiga ko‘ra kerakli asbob uskuna bilan ta’minlanishi ijtimoiy ko‘makka muhtojlarni hayotda o‘z o‘rinlarini topishlarida muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Shahar hokimligida ishsiz  yoshlarning bandligini ta’minlash, doimiy daromadga ega bo‘lish maqsadida shahardagi korxona-tashkilotlarga biriktirilgan ishsiz yoshlarga tikuv mashinasi, pishiriq pechi, payvandlash va kalitlar jamlanmasi va boshqa asbob-uskunalar tarqatildi. Unda shahar hokimi G.Alimova, shahar prokurori S.Kabilov, biriktirilgan mas’ul rahbarlar va yoshlar ishtirok etishdi.   

Shahar hokimi Gavhar Alimova ushbu yoshlarni kelgusida berilayotgan bu imkoniyatlardan foydalanib o‘z hayotlarini yanada yaxshilashlarini, albatta, bu kabi ishlar mamlakatimizda yoshlarga berilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlikning namunasi ekanligini ta’kidladi.
 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan