«Besh tashabbus olimpiadasi»ning 2026-yilgi mavsumiga tayyormisiz?
Bugun Kattaqo’rg’on shahar Yoshlar ishlari bo’limi va shahar Sport maktabi bilan hamkorlikda «Besh tashabbus olimpiadasi»ning 2026-yilgi mavsum loyihalarini targʻib qilish va oʻtkazish boʻyicha oʻquv-seminari tashkil etildi.
Seminarda shahrimizdagi mahalla yoshlar yetakchilari, sport murabbiylari ishtirok etdi va sport musobaqalarini sifatli tashkil etish va iste’dodli yoshlarni saralashda muhim jihatlarga alohida e’tibor qaratish kerakligi to’g’risida mas’ullarga topshiriqlar berdi.
Seminar davomida «Besh tashabbus olimpiadasi»ning 2026-yilgi mavsum loyihalaridan joy olgan 15 ta sport musobaqalarini qanday tartibda tashkil etish va ularni o’tkazishda nimalarga alohida e’tibor qaratish kerakligi shahar Yoshlar ishlari bo’limi bosh mutaxassisi R.Uchqunov tomonidan batafsil tushuntirib berildi. Seminar savol-javob shaklida o’tkazildi.










