JAMIYAT UCHUN XAVFLI ILLAT

Bugungi kunda davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri korrupsiya va huquqbuzarlikning har qanday ko‘rinishiga qarshi murosasiz kurashish hisoblanadi. Korrupsiya — nafaqat iqtisodiy rivojlanishga to‘sqinlik qiladi, balki jamiyatda adolat va tenglik tamoyillarini yemirib, xalqning davlatga bo‘lgan ishonchiga putur yetkazadi. Bizning bosh maqsadimiz – har qanday shaxslar tomonidan vakolatlarni suiiste’mol qilish holatlarini oldindan aniqlash va ularga chek qo‘yishdir. Amalga oshirilayotgan choratadbirlarimiz faqat jazolashga emas, balki birinchi navbatda, profilaktika, ya’ni jinoyatning oldini olishga qaratilishi kerak.

Bugun barcha bo‘g‘inlarda shaffoflikni ta’minlash uchun islohotlar amalga oshirilmoqda, davlat xizmatlari va xaridlari raqamlashtirilmoqda, bu esa «inson omili»ni kamaytiradi. Shuningdek, nazorat kuchaytirilgan tarzda huquqbuzarlikka moyil bo‘lgan sohalar huquqni himoya qilish organlari tomonidan doimiy monitoring olib borilmoqda. Fuqarolarning huquqiy savodxonliklarini oshirishi ham muhim omildir. Chunki, o‘z huquq va majburiyatlarini bilgan inson korrupsiyaning oqibatlarini yaxshi anglaydi.

Korrupsiya – bu faqat pora olish emas. Huquqbuzarlikni oldini olishda korrupsiya tushunchasi keng ekanligini anglashimiz kerak. Tanish-bilishchilik, qarindoshurug‘chilik, davlat mulkidan shaxsiy manfaatlar yo‘lida foydalanish – bularning barchasi korrupsiya hisoblanadi va javobgarlikka sabab bo‘ladi. Korrupsiyaga qarshi kurash — bu har bir fuqaroning burchidir. Toza, adolatli va rivojlangan jamiyatni birgalikda quramiz!

J.NOSIROV, deputat, Korruptsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan