XALQ DEPUTATLARI KATTAQO‘G‘ON SHAHAR KENGASHI TOMONIDAN 2025-YILDA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR SARHISOBI
Xalq deputatlari Kattaqo‘g‘on shahar Kengashi tomonidan 2025-yilda amalga oshirilgan ishlar sarhisobi
Xalq deputatlari Kattaqo‘g‘on shahar Kengashi tomonidan 2025-yil davomida vakolatlari doirasida tizimli va samarali ishlar amalga oshirildi.
Hisobot davrida Kengashning 14 ta sessiyasi o‘tkazildi. Mazkur sessiyalarda jami 110 ta qaror qabul qilindi.
Qabul qilingan qarorlar yo‘nalishlar kesimida quyidagicha taqsimlandi:
-Hisobotlarni eshitish – 36 ta;
-Axborotlarni eshitish – 8 ta;
-Nazorat-tahlil tadbirlari – 3 ta;
-Vakolat doirasidagi qarorlarni tasdiqlash – 32 ta;
-Shahar hokimi qarorlarini tasdiqlash – 2 ta;
-Kengash qarorlarini bekor qilish – 0 ta;
-Boshqa masalalar – 29 ta.
Shuningdek, qabul qilingan qarorlarning 7 tasi Kengashdagi siyosiy partiya guruhlari tashabbusi asosida hamda siyosiy partiyalarning dasturiy maqsadlari bilan bog‘liq holda qabul qilindi.
2025-yilda Xalq deputatlari Kattaqo‘g‘on shahar Kengashida eshitilgan hisobot va axborotlar tahlili
2025-yil davomida Xalq deputatlari Kattaqo‘g‘on shaharKengashi sessiyalarida ijro hokimiyati va boshqa mas’ul tashkilotlar faoliyati doirasida 36 ta hisobot hamda 8 ta axborot eshitildi.
Eshitilgan hisobotlar tarkibi:
Jami 36 ta hisobot quyidagi mansabdor shaxslar va tashkilotlar kesimida tinglandi:
-Shahar hokimi – 2 ta;
-Shahar hokimi o‘rinbosarlari – 8 ta;
-Sektor rahbarlari – 1 ta;
-Ichki ishlar bo‘limi – 6 ta;
-Moliya bo‘limi – 4 ta;
-Soliq organlari – 1 ta;
-Sog‘liqni saqlash tizimi – 2 ta;
-Yoshlar ishlari agentligi – 1 ta;
-Ekologiya sohasi – 1 ta;
-Boshqa tashkilot va mas’ullar – 10 ta.
Eshitilgan axborotlar tarkibi:
Shuningdek, Kengash sessiyalarida jami 8 ta axborot tinglanib, ular quyidagi yo‘nalishlarni qamrab oldi:
-Adliya bo‘limi – 1 ta;
-Prokuratura organlari – 3 ta;
-Xalq qabulxonasi – 2 ta;
-Ombudsmanning mintaqaviy vakili – 0 ta;
-Doimiy komissiyalar – 0 ta;
-Deputatlik guruhlari – 0 ta;
-Boshqa masalalar – 2 ta.
Mazkur ko‘rsatkichlar Kengash tomonidan ijro etuvchi organlar faoliyati ustidan samarali nazorat o‘rnatilganini, dolzarb masalalar yuzasidan mas’ullarning hisobot va axborotlari muntazam ravishda muhokama qilib borilganini ko‘rsatadi.
2025-yilda hokim va Kengash qarorlarini bekor qilish holati tahlili
2025-yil davomida Xalq deputatlari Kattaqo‘g‘on shahar Kengashi tomonidan shahar hokimi hamda Kengash tomonidan qabul qilingan qarorlarning bekor qilish holatlari kuzatilmadi:
Mazkur holat shahar hokimi hamda Xalq deputatlari Kattaqo‘g‘on shahar Kengashi tomonidan qabul qilinayotgan qarorlar amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq, puxta va asosli tarzda qabul qilinayotganidan dalolat beradi.
Senat yalpi majlislari kun tartibiga kiritilgan qonunlar muhokamasi va yangi qabul qilingan qonunlar targ‘iboti
2025-yil davomida Xalq deputatlari Kattaqo‘g‘on shahar Kengashi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yalpi majlislari kun tartibiga kiritilgan qonunlar muhokamasi hamda yangi qabul qilingan qonunlarning mazmun-mohiyatini targ‘ib qilish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirildi.
Hisobot davrida:
-6 ta qonun loyihasi Senat yalpi majlislari kun tartibiga muvofiq muhokama qilindi;
-Ushbu qonunlar yuzasidan 5 ta muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi;
-Shuningdek, yangi qabul qilingan qonunlarni aholiga yetkazish, ularning mazmun-mohiyatini tushuntirish maqsadida 10 ta yangi qabul qilingan qonun yuzasidan 10 ta targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Mazkur tadbirlar qonun ijodkorligi jarayonida jamoatchilik ishtirokini ta’minlash, qabul qilinayotgan qonunlarning aholi o‘rtasida keng tushuntirilishi va ularning amaliy ahamiyatini oshirishga xizmat qildi.
Sessiyalarning yoritilishi, Kengash qarorlarining e’lon qilinishi va normativ-huquqiy qarorlar bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar
2025-yil davomida Xalq deputatlari Kattaqo‘g‘on shahar Kengashi sessiyalarining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash, shuningdek qabul qilingan qarorlarni keng jamoatchilikka yetkazish bo‘yicha tizimli choralar ko‘rildi.
Hisobot davrida jami 14 ta sessiya o‘tkazilib 14 ta sessiya onlayn tarzda ommaviy axborot vositalarida yoritildi, Yopiq sessiyalar o‘tkazilmadi.
Kengash qarorlarining e’lon qilinishi:
21 ta qaror loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilib, 110 ta Kengash qarori “E-Kengash (E-qaror)” tizimi orqali e’lon qilindi.
Shundan 8 tasi yopiq tartibda joylashtirildi. Hisobot davrida jami 5 ta normativ-huquqiy tusdagi qaror qabul qilinib, ularning yo‘nalishlar kesimidagi taqsimoti quyidagichani tashkil etdi:
-Shahar bosh rejasi va uni qurish qoidalarini tasdiqlash – 0 ta;
-Shahar budjetini qabul qilish – 1 ta;
-Mahalliy soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar stavkalarini belgilash – 3 ta;
-Issiqlik va elektr energiyasi, suv va oqava xizmatlari hamda kommunal-maishiy va boshqa xizmatlar uchun tariflarni tasdiqlash – 0 ta;
-Boshqa vakolatlar doirasidagi normativ qarorlar – 5 ta.
Shuningdek, 5 ta normativ-huquqiy qarorning barchasi belgilangan tartibda huquqiy ekspertizadan o‘tkazildi.
Mazkur ko‘rsatkichlar Kengash faoliyatida ochiqlik, qonuniylik va jamoatchilik ishtirokini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilganidan dalolat beradi.
Yuborilgan deputat so‘rovlari va ularning ko‘rib chiqilishi natijalari
2025-yil davomida Xalq deputatlari Kattaqo‘g‘on shaharKengashi deputatlari tomonidan vakolatlari doirasida davlat organlari va tashkilotlariga jami 40 ta deputat so‘rovi yuborildi.
Deputat so‘rovlarini ko‘rib chiqish natijalari quyidagicha:
-40 ta deputat so‘rovi o‘z vaqtida ko‘rib chiqilib, javoblar berildi.
Mazkur ko‘rsatkichlar deputat so‘rovlari institutining samarali ishlayotganini, davlat organlari tomonidan deputatlarning qonuniy talablariga o‘z vaqtida va to‘liq javob berilayotganini ko‘rsatadi.
Xalq bilan muloqot va yuridik hamda jismoniy shaxslarning murojaatlari bilan ishlash holati
2025-yil davomida jami 115 ta uchrashuvlar va 61 ta mahalliy Kengash deputatlarining o‘z saylovchilari bilan axborot berish maqsadida tashkil etilgan uchrashuvlarni tashkil etdi.
Mazkur uchrashuvlar davomida 64 ta muammo aniqlanib, ularning 64 tasi ijobiy hal etildi.
Yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlari bo‘yicha jami 120 ta murojaat kelib tushdi. Ularning ko‘rib chiqilishi natijalariga ko‘ra:
-103 ta murojaat ijobiy hal etildi;
-rad etilgan murojaatlar mavjud emas;
-17 ta murojaat yuzasidan tushuntirish berildi;
-ko‘rib chiqish jarayonida qolayotgan murojaatlar qayd etilmadi. Mazkur natijalar deputatlarning aholi bilan ochiq va samarali muloqot olib borayotganini, murojaatlar o‘z vaqtida va qonunchilikka muvofiq ko‘rib chiqilayotganini ko‘rsatadi.









