“XAVFSIZ XONADON OYLIGI”

Yurtimiz bo‘ylab 1-yanvardan 31-yanvarga qadar “Xavfsiz xonadon oyligi” tadbirlari o‘tkazildi. Ushbu oylikdan ko‘zlangan asosiy maqsad — mahallalarni “qizil”, “sariq” va “yashil” hududlarga ajratgan holda, xavf darajasi yuqori bo‘lgan mahallalarda “mahallabay” va “xonadonbay” profilaktik tadbirlarni tashkil etishdan iborat.

Qolaversa, aholi xonadonlarida va ijtimoiy obyektlarda yong‘inlarning oldini olish, is gazidan zaharlanish hamda havo-gaz aralashmasi chaqnashi kabi favqulodda vaziyatlarga yo‘l qo‘ymaslik orqali fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish ko‘zda tutilgan.

Oylik doirasida ijtimoiy tarmoqlarda maxsus profilaktik materiallar e’lon qilindi. Tadbirlar “Mahallamizni favqulodda vaziyatlardan muhofazalangan hududga aylantiramiz!” shiori ostida tashkil etildi.

“Xavfsiz xonadon oyligi” shahrimizda yong‘in xavfini kamaytirish, aholi ogohligini oshirish hamda profilaktik ishlarga e’tiborni kuchaytirishga qaratilgan muhim chora-tadbirlar majmuasidir. Barcha tashkilotlar va fuqarolarni bu borada doimo faol bo‘lishga chorlaymiz. Unutmang, siz va oilangiz xavfsizligi biz uchun muhim!

Z. Atayarov, > Shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i, podpolkovnik.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan