MEHNAT YARMARKASI O’TKAZILDI

Bugun Kattaqo‘rg‘on shahar Kasbiy ko‘nikmalar markazida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi hamda litsenziyaga ega xususiy bandlik agentliklari ishtirokida mehnat yarmarkasi tashkil etildi. Tadbir xorijda mavjud rasmiy ish o‘rinlarini targ‘ib qilishga bag‘ishlandi.

Tadbirda shahar hokimi Gavhar Alimova va mutasaddi rahbarlar ishtirok etishdi. Yarmarkaga nafaqat Kattaqo‘rg‘on shahri, balki qo‘shni Kattaqo‘rg‘on, Narpay, Ishtixon, Paxtachi va Nurobod tumanlaridan ham ishsiz fuqarolar va yoshlar tashrif buyurishdi.

Yarmarka natijalari va asosiy yo‘nalishlar:

  • Ro‘yxatga olish: Jami 1200 nafar fuqaro xorijdagi rasmiy ish o‘rinlari bo‘yicha ro‘yxatga olindi.
  • Huquqiy tushuntirish: Ishtirokchilarga xorijda ishlash shartlari, mehnat shartnomalarini rasmiylashtirish tartibi va ijtimoiy kafolatlar haqida ma’lumot berildi.
  • Xavfsiz migratsiya: Noqonuniy migratsiyaning oldini olish va xavfsiz mehnat migratsiyasi masalalari bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berildi.

Ushbu tadbir aholining bandligini ta’minlash, mehnat migratsiyasini qonuniy asosda tashkil etish hamda davlat va xususiy sektor o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan