TEATR — YURAK UCHUN OCHILGAN KITOBDIR
Kattaqo‘rg‘on shahar ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchilari “Teatr — ibratxonadir” shiori ostida Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatriga tashrif buyurishdi. Ushbu tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad — iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularni sahna san’ati, aktyorlik mahorati va drama kabi ijodiy yo‘nalishlarda rivojlantirishdir.
Teatr jamoasi o‘quvchilarga buyuk adib Chingiz Aytmatovning “Erta qaytgan turnalar” asari asosida sahnalashtirilgan spektaklni namoyish etishdi.
Ushbu sahna asari orqali o‘quvchilar hayotiy saboqlar olishdi. Spektakl yoshlarda ilmga intilish, ma’rifatli bo‘lish va Vatanga muhabbat hissi bilan yashash tuyg‘ularini yanada kuchaytirdi.
Ma’lumot o‘rnida: Ayni damda teatr jamoasi ushbu mahorat bilan sahnalashtirilgan spektakl bilan Qozog‘iston Respublikasida gastrol safarida bo‘lib turibdi.









