RAHBAR VA YOSHLAR UCHRASHUVI

Respublikamiz mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish, yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va huquqiy ongini oshirish, shuningdek, voyaga yetmaganlar orasida huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish maqsadida Kattaqo‘rg‘on shahrida maxsus uchrashuv tashkil etildi. Unda shahar Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik Sh. Dusanov probatsiya nazoratidagi yoshlar bilan muloqot qildi.

Kattaqo‘rg‘on shahar IIB probatsiya nazoratida turgan 40 nafar yosh ishtirok etgan ushbu tadbirda quyidagi natijalarga erishildi:

  • 13 nafar yoshning huquqiy muammolariga joyida yechim topildi;
  • 4 nafar yoshning bandligi ta’minlandi;
  • 2 nafar yosh kasb-hunarga o‘qitish uchun monomarkazlarga yo‘naltirildi;
  • 1 nafar yoshga imtiyozli kredit olishda ko‘maklashish uchun mutasaddi tashkilotlarga taqdimnomalar kiritildi.

Uchrashuv yakunida nazoratdagi yoshlarni jamiyatga moslashtirish va ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tizimli davom ettirilishi ta’kidlandi. Bu kabi tadbirlar yoshlarning to‘g‘ri yo‘lni topishi va kelajakda jamiyatning munosib a’zosi bo‘lishiga xizmat qiladi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan