YOSHLAR MASALASIDA USTUVOR VAZIFALAR BELGILAB OLINDI

Bugun Kattaqo‘rg‘on shahrida yoshlar bilan ishlash tizimini mustahkamlashga bag‘ishlangan kengaytirilgan shtab yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda yoshlar bandligi, ta’limi, tadbirkorligi va ijtimoiy faolligini oshirishga oid dolzarb masalalar muhokama qilinib, amaliy yechimlar belgilandi.

Tadbirda, ayniqsa, “otaliqqa olingan” hamda “og‘ir” toifadagi yoshlar bilan ishlash masalalari diqqat markazida bo‘ldi. 2026-yil davomida yoshlar bilan individual tarzda ishlash tizimini yanada takomillashtirish, ularni kasb-hunar va tadbirkorlikka yo‘naltirish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab olindi. Shuningdek, yoshlar uchun munosib shart-sharoitlar yaratish hamda ularning ijtimoiy moslashuvini kuchaytirish choralariga alohida to‘xtalib o‘tildi.

Yig‘ilishda yoshlar bilan manzilli ishlash, muammolarni joyida o‘rganish va har bir yosh bo‘yicha aniq “yo‘l xaritalari” ishlab chiqish muhimligi alohida ta’kidlandi.

B. QO‘ZIYEV, shahar Yoshlar ishlari bo‘limi boshlig‘i.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan