GAZDAN FOYDALANISHDA EHTIYOT BO‘LING!

E’tiborsizlik oqibatida gazdan zaharlanish fojiali oqibatlarga olib kelishi, gaz isitish asboblaridan noto‘g‘ri foydalanish tufayli kelib chiqqan yong‘in esa insonlar o‘limi hamda jamiyatga moddiy zarar yetkazishi mumkin. Tabiiy gazdan zaharlanishning oldini olish va isitish asboblaridan xavfsizlik qoidalariga rioya qilgan holda foydalanishga nafaqat mavsum davomida, balki butun umr davomida e’tibor qaratmog‘imiz lozim.

Hamshaharlarimizga bu boradagi tartib-qoidalar haqida yana bir bor eslatib o‘tamiz:

  • Isitish pechlari va mo‘rilar: Isitish pechlari sozligi va tutun mo‘rilarini shahar yong‘inga qarshi kurash jamiyati xodimlariga tekshirtiring.
  • Doimiy nazorat: Gaz isitish pechlarining soz holda ishlashini muntazam nazorat qilib turing, tunda ularni o‘chirib qo‘yishni unutmang.
  • Gaz hidi sezilganda: Xonada gaz hidini sezsangiz, elektr asboblarini aslo yoqmang, yoqilgan bo‘lsa — o‘chirmang. Zudlik bilan eshik va derazalarni ochib, xonani shamollating hamda darhol 104, 101 yoki 1050 raqamlariga qo‘ng‘iroq qiling.
  • Taqiqlar: Gaz jihozlari (gaz plitasi, isitish pechlari) ustida yuvilgan kiyimlarni quritmang.
  • Bolalar xavfsizligi: Bolalarni uyda yolg‘iz qoldirmang va ularning gaz asboblaridan foydalanishiga yo‘l qo‘ymang. Olov bilan o‘ynash xavfli ekanligini farzandlaringizga doimo uqtirib boring.
  • Loyiha va standartlar: Loyiha-smeta hujjatlariga asosan o‘rnatilgan gaz asboblarining joyini o‘zboshimchalik bilan o‘zgartirmang. Nostandart va sertifikatsiz gaz isitish asboblarini xarid qilmang.
  • Gaz so‘rgichlar: Gaz quvurlariga gaz so‘rgich moslamalarini aslo o‘rnatmang.
  • O‘zboshimchalik: Nosoz gaz jihozlarini o‘zboshimchalik bilan tuzatmang va ulardan foydalanmang. Gaz sizib chiqqanini ochiq olov (gugurt yoki zajigalka) bilan tekshirmang.
  • To‘siqlar: Bino xonalaridan chiqish eshiklarini turli buyumlar bilan to‘sib qo‘ymang, ularning qulay ochilishini ta’minlang.
  • Ehtiyotkorlik: Gaz maromlash punktlari (GRP) va gaz berkitgichlarga tegmang. Binolarni qayta qurish davrida gaz quvurlari va jumraklarini devor orasida qoldirmang yoki ustini g‘isht va plastik materiallar bilan yopib qo‘ymang.

Shuni unutmangki, yuqorida ko‘rsatilgan qoidalarga rioya qilish orqali o‘zingizni va oila a’zolaringizni baxtsiz hodisalardan asrab qolgan bo‘lasiz.

N. SHARIPOV, A. BAZARBAYEV, Viloyat FVB Kattaqo‘rg‘on shahar «Hayot faoliyati xavfsizligi» o‘quv markazi o‘qituvchilari.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan