KIBERSPORT MUSOBAQASI O’TKAZILDI
O’quvchi-yoshlarning ta’tilini samarali tashkil etish, bo’sh vaqtini yanada mazmunli o’tkazish maqsadida Yoshlar ishlari agentligi tomonidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda “Mazmunli ta’til” loyihasi o’tkazilmoqda.
Xususan, bugun Kattaqo’rg’on shahar mahallalari yoshlari o’rtasida “Mazmunli ta’til” dasturi bo’yicha «Kibersport» musobaqasi o’tkazildi.
Ushbu musobaqani o’tkazishdan maqsad yoshlarning axborot texnologiyalariga bo’lgan qiziqishini yanada oshirish, kibersportga bo’lgan qiziqishlarini qo’llab-quvvatlash, mantiqiy fikrlash va jamoada ishlashni rivojlantirishdir.
Mahalla yoshlar yetakchilari hamkorligida tashkil etilgan musobaqa bahslarga boy va ko’tarinki kayfiyatda o’tdi.
“Mazmunli ta’til” dasturi bo’yicha o’tkazilgan barcha musobaqalarning g’oliblari loyiha yakunida taqdirlanadilar.









