Prezident Murojaatnomasi mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi
Kattaqo’rg’on shahar 15-umumiy o’rta ta’lim maktabida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Murojaatnomada belgilangan ustuvor vazifalarga atroflicha to‘xtalib o‘tildi. Xususan, kasbiy ta’limni rivojlantirish, uni mehnat bozori talablariga moslashtirish, shuningdek, yoshlarni zamonaviy kasb-hunarlarga yo‘naltirish masalalari yuzasidan o‘z fikr va mulohazalar bildirdi.
O‘quv seminar davomida maktab direktori va xodimlari ham so‘zga chiqib, Murojaatnomada belgilangan vazifalarning sohadagi ahamiyati hamda ularni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.











