Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi sport jamoasiga viloyat hokimi kubogi topshirildi

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi sport jamoasi “Samarqand viloyati hokimi kubogi-2025” uchun 16 ta tuman va shahar hokimliklari apparat xodimlari o‘rtasidagi “Futzal” bo‘yicha o’tkazilgan musobaqada faol ishtirok etib, g‘oliblikni qo’lga kiritdi va Samarqand viloyati hokimi kubogi sovrindori bo’ldi.

Bugun, Samarqand viloyat hokimligida o‘tkazilgan taqdirlash marosimida Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi jamoasining erishgan muvaffaqiyati munosib e’tirof etilib, jamoa viloyat hokimi Adiz Boboev tomonidan maxsus kubog, tashakkurnoma va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Biz jamoamizni ushbu yutug‘ bilan muborakbod etamiz.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan