Murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha seminar o‘tkazildi

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan korxona hamda tashkilotlarning mas’ul xodimlari uchun murojaatlar bilan ishlash masalalariga bag‘ishlangan o‘quv-seminar tashkil etildi. Mazkur seminarda vazirlikning mehnat huquqi inspeksiyasi boshqarmasi boshlig‘i Begzod Jumayev, shuningdek, tegishli tashkilot va idoralarning mutaxassislari ishtirok etdi.

Tadbir davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushayotgan murojaatlarni onlayn murojaatlar platformasiga to‘g‘ri kiritish, ularni belgilangan tartibda ro‘yxatga olish hamda murojaatlarni tizimli va tahliliy asosda ko‘rib chiqish masalalari muhokama qilindi. Shu bilan birga, murojaatlar bilan ishlash jarayonida amaldagi qonunchilik talablariga qat’iy rioya etish, murojaatlarni ko‘rib chiqish muddatlarini ta’minlash, fuqarolar bilan ochiq va samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha amaliy tushunchalar berildi.

Seminar davomida onlayn platformadan foydalanishda uchrashi mumkin bo‘lgan muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar ham ilgari surildi. Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob olishdi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan