ZIYOLILAR MAHALLASIDA AHOLI MUAMMOLARI O’RGANILDI
Bugun, shahrimizdagi Ziyolilar mahallasida shahar hokimi Gavhar Alimovaning fuqarolar uchun navbatdagi sayyor qabuli o’tkazildi. Sayyor qabul davomida mahalla aholisidan 10 ga yaqin o‘z yechimini kutayotgan masalalar bo’yicha murojaatlar qabul qilindi.
Qabul jarayonida fuqarolardan Ichki ko‘chalarga kanalizatsiya o‘tkazish, elektr sim yog‘ochlarni almashtirish, mahalla binosini ta’mirlash hamda boshqa masalalar yuzasidan murojaatlar kelib tushdi.
Mazkur murojaatlarning 2 tasi joyida ijobiy hal etildi, 3 tasiga huquqiy tushuntirish berildi hamda qolgan murojaatlar mutasaddi tashkilotlarga yo‘naltirilib, ijrosi nazoratga olindi.









