YANGI YIL- YANGI BILIMLAR SARI

Bugun shahrimizdagi 18 maktabgacha taʼlim tashkilotida o‘tkazilgan seminar ana shunday nomlandi. Unda shahar hokimi Gavhar Alimova, taʼlim sohasi vakillari ishtirok etdilar. Dastlab, tadbir ishtirokchilari muassasada bolajonlarni taʼlim-tarbiya olishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar, dars mashg‘o‘lotlarining o‘tish jarayonlarini ko‘zdan kechirdilar.

Shahar hokimi bolalarni taʼlim-tarbiya olishlari uchun yaratilgan sharoitlar, jumladan mazkur muassasadagi imkoniyatlar haqida so‘z yuritdi va barchani kirib kelayotgan Yangi yil bilan qutladi.
Shundan so‘ng taʼlim tashkilotidagi Yangi yil munosabati bilan tayyorlangan bayram dasturi namoyish etildi. Dastur davomida tarbiyalanuvchilar tomonidan ijro etilgan sheʼrlar, kuy va qo‘shiqlar tadbir ishtirokchilariga ko‘tarinkilik bag‘ishladi.

Shuningdek, shahar hokimi muassasada bolalarni sog‘lom ovqatlanishlarini qay darajada tashkil qilinganligi bilan tanishdi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan