22-dekabr — Energetiklar kuni!

22-dekabrga oʻtar kechasi tabiatning ajoyib hodisalaridan biri kuzatiladi — eng uzun tun sodir boʻladi.

Bu sanada sayyoramizning bosh energetigi — Quyoshdan bizga eng kam miqdorda yorugʻlik va issiqlik yetib keladi.

Shu bois energetika isteʼmoli eng koʻp boʻladigan ushbu kun dunyoda energetiklar kasb bayrami sifatida nishonlanadi.

Ushbu bayram munosabati bilan mamlakatimizning barcha energetiklarini, soha vakillarini kasb bayrami bilan samimiy muborakbod etamiz!

Kasbingizdan baraka toping, hurmatli energetika tizimi xodimlari!

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan