Respublika shahar hokimlari Qarshi tajribasi bilan tanishdi
Prezidentimiz rahbarligida Qarshi shahrini kompleks rivojlantirish, uni zamonaviy sanoat, madaniyat va turizm markaziga aylantirish borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Hududga jalb etilayotgan xorijiy investitsiyalar, yangi ish o‘rinlari yaratilishi hamda infratuzilmaning tubdan yangilanishi shaharning iqtisodiy salohiyatini yanada oshirishga xizmat qilmoqda.
Davlatimiz rahbari topshiriqlariga asosan, respublikamizning 30 nafar shahar hokimlari Qashqadaryo viloyatiga tashrif buyurib, Qarshi shahrida amalga oshirilayotgan islohotlar va ilg‘or tajriba bilan yaqindan tanishdilar.
Tashrif doirasida mehmonlar hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan kompleks rivojlantirish, aholi turmush sifatini yaxshilash, zamonaviy infratuzilmani shakllantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, shuningdek, investitsiya, qurilish, ta’lim, sog‘liqni saqlash, bandlik va madaniyat sohalarida erishilayotgan natijalar bilan tanishdilar.









