VATANPARVARLIK OYLIGI DOIRASIDA
Kattaqo‘rg‘on shahar garnizonida joylashgan 02855-sonli harbiy qismda “Vatanparvarlik” oyligi doirasida Kattaqo’rg’on shahar Yoshlar ishlari bo’limi va yoshlar yetakchilari tomonidan harbiy qismga sayohat tashkil etildi.
“Vatanparvarlik” oyligi doirasida yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, mamlakatimiz tinchligi, milliy g‘urur va Vatanga bo’lgan sadoqat tuyg‘ularini mustahkamlash to’g’risida ma’ruzalar qilindi.









