Diqqat e’lon!!!

Transport vositalarining harakati vaqtincha cheklanadi

Kattaqo’rg’on shahrida Yangi yil bayrami tadbirlarini yuqori saviyada o‘tkazish va bayram tadbiri o‘tkaziladigan hududlarda jamoat xavfsizligini ta’minlash maqsadida, joriy yilning 20-dekabridan 2026-yilning 5-yanvariga qadar markaziy archa o‘rnatilgan hudud atrofida transport vositalarining harakati vaqtincha cheklanadi:

– Shifokor ko‘chasini “O‘ztelekom” AJ oldidan o‘tgan qismgacha,

– Xolis ko‘chasini shahar hokimligi yonida joylashgan avtoturargoh oldidan o‘tgan qismgacha;

–31-dekabr kuni Amir Temur, Dashtbozor va Miyonkol ko‘chalari kesishgan chorrahadan – Amir Temur va Xiyobon ko‘chalari kesishgan qismgacha.

Ushbu hududlarda zaruratga ko‘ra, bayram tadbirlariga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida belgilangan vaqtdan oldin ham transport vositalari harakati vaqti-vaqti bilan cheklab boriladi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan