Sog’lom hayot uchun 5000 qadam
Kattaqo’rg’on shahrida Vatanparvarlik oyligiga start berildi
15-dekabrdan 15-yanvarga qadar yurtimizda Vatanparvarlik oyligi doirasida turli tadbirlar, uchrashuvlar va musobaqalar o’tkaziladi.
Bugun erta tongdan shahrimizda Vatanparvarlik oyligi tadbirlariga start bertilib, harbiy orkestr sadolari ostida «Sog’lom hayot uchun 5000 qadam!» marafoni hamda yugurish musobaqasi o’tkazildi.
Mazkur marafonda shahar hokimligi, Kattaqo’rg’on garnizoni harbiy xizmatchilari, Kattaqo’rg’on Davlat Pedagogika instituti, ta’lim muassasalari, mahallalar xodimlari, yoshlar ishtirok etdi.
Shuningdek, bugungi marafon doirasida o’tkazilgan yugurish musobaqasida faol ishtirok etgan yoshlar munosib rag’batlantirildi.










