Profilaktik tadbirlar o’tkazilmoqda
Kattaqo‘rg‘on shahar favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari tomonidan tegishli mas’ullar ishtirokida Kattaqo‘rg‘on Dehqon bozoridagi ovqatlanish va savdo komplekslarida keng qamrovli profilaktika ishlari amalga oshirildi.
Profilaktika jarayonida bozor hududida faoliyat yurituvchi tadbirkorlarga maishiy gaz balonlardan belgilangan joylarda va belgilangan hududlarda amaldagi qonun hujjatlariga asosan to‘g‘ri foydalanishlari, odamlar ko‘p to‘planadigan joylar hamda bozor va bozor atrofida gaz balonlardan foydalanish mumkun emasligi to‘g‘risida qattiq ogohlantirildi.











