Kattaqo’rg’onda qon topshirish tadbiri o’tkazildi!
Kattaqo’rg’on garnizonida joylashgan harbiy qism harbiy xizmatchilari, O’zbekiston Adolat sotsial-demokratik partiyasi Kataqo’rg’on shahar kengashi va Samarqand viloyat qon markazi bilan hamkorlikda insonparvarlik tuyg’ularini targ‘ib qilish maqsadida hamda «1-iyun halqaro bolalarni himoya qilish kuni» munosabati bilan «Bor mehrim senga bolajon» shiori ostida beg’araz sonorlik aksiyasi tashkil etildi.
Ushbu tadbirni o’tkazishdan maqsad tibbiy-ijtimoiy ko’makka muhtoj bo’lgan, onkologik kasalliklarga chalingan qo’llab quvvatlash ekanligini chuqur anglagan harbiy xizmatchilar ezgu niyat bilan boshlangan aksiyada faol ishtirok etib, o‘zlarining fuqarolik burchiga sadoqatini va yuksak insoniy fazilatlarni namoyon etdilar.










