MASʼULLARGA TOPSHIRIQLAR BERILDI

Bugun viloyat hokimligida videoselektor tarzidagi o’tkazilgan apparat yig‘ilishida shahar hokimi Gavhar Alimova hamda shahar masʼullari ishtirok etdi.

Kun tartibidagi masalalar yuzasidan shahar hokimi masʼullarning axborotini eshitdi.

Yig‘ilishda kuz-qish mavsumi, Konstitutsiya bayramini yuqori saviyada tashkil etish, bu borada taʼlim muassasalarida, tashkilotlarda tadbirlar tashkil qilish yuzasidan qilinadigan ishlar muhokama qilindi.

Shuningdek, yig‘ilishda obodonchilik, ko‘kalamzorlashtirish, maishiy chiqindilarni chiqarish borasidagi  ishlarning borishi haqida so‘z yuritildi.

Ko‘rilgan masalalar yuzasidan masʼullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan