Samarqandda NNT forumi: Kattaqoʻrgʻon tashabbuslari diqqat markazida

Samarqandda boʻlib oʻtgan Nodavlat notijorat tashkilotlari forumida Kattaqoʻrgʻonning faol tashabbuslari alohida e’tirof etildi. Jumladan, “Korrupsiya taraqqiyot kushandasi” mavzsidagi grant loyihasi davomida «Kattaqoʻrgʻon tongi» gazetasi hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish Doimiy komissiyasi hamkorligida oʻtkazilgan tadbirlarning OAV da yoritilishi ushbu illatga qarshi kurashishidagi ishlar samaradorligini oshirishda ahamiyatli boʻlganligi ta’kidlandi.

Bir nechta grant loyihalarini amalga oshirib, oʻz yoʻnalishida namuna boʻlayotgan shahar kengashi deputati, “Kattaqoʻrgʻon tongi” gazetasi muharriri Jamshid Nosirov forumning eng faol tashkilot rahbarlaridan biri sifatida taqdirlandi.

Qonunchilik palatasi deputati Adham Shodmonov J.Nosirovga viloyat hokimligi tashakkurnomasini hamda esdalik sovgʻasini topshirib, uning ijtimoiy loyihalardagi izchil faoliyatiga yuqori baho berdi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan