Ingichka shaharchasining mahallalarida sport infratuzilmasi holati oʻrganildi

Aholi va yoshlarga yaratilgan sport sharoitlarini baholash maqsadida mahallalardagi umumta’lim maktablari, “Konchilar” o’yingohida sport zallari hamda mavjud sport inshootlari boʻyicha oʻrganish ishlari amalga oshirildi.

Kattaqo’rg’on shahar kengashi deputati B. Urunov tomonidan o’tkazilgan oʻrganish jarayonida sport zallari va maydonchalarning mavjudligi, jihoz va anjomlarning texnik holati, ulardan foydalanish imkoniyatlari hamda aholiga yaratilgan qulayliklar ko’zdan kechirildi va tahlillar asosida zarur taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan